Öntaça muhtoj oilani sanadi, har yangi eslagani oldingisidan muhtojroq edi. «Uka, töxtang, bunisiga yordam beriş kerak, bu muhtojroq...»
Keyin mahallada işlaydigan yigitlar bilan boğlandik. Ularning röyxati bilan Nayim domlaning «röyxati» juda mos keldi. Afsuski, bu röyxatda 52 oila bor ekan, ehson esa ikki yoki uçta oilaga ajratilişi kerak edi. Bir döstimiz işlatgan ibora yodga tuşdi: «Qaniydi, falonçiday boy bölsang-u hamma muhtojlarga pulingni tarqatsang!».
Ikkinçi misol. Qöşni qişloqda masjid qurilyapti. Öşa mahallada bir namozxon aka bor. Farzandi AQŞga borib işlayapti, oila öziga töq. Imom domla öşa kişi bir neça marta masjidga ehson qilgani, muhim quriliş aşyolarini olib berganini aytdi. Bir safar «Aka, qöying, sizning ham rözğoringiz bor. Keragiça ehson qildingiz, mahallada sizdan köra ança boylar bor» deb e'tiroz bildiribdi. U kişi «Yaqinda şahardan uy olmoqçi edik. Xudoga şukur, hovlimiz, mol-holimiz bor. Ortiqça mulkka muhtoj emasmiz. Öğlim öşa mablağni masjidga berişimni tayinladi. Farzandimni duo qiling, qori aka. Alloh u dunyomizni ham çiroyli qilsin, şaharda oladigan uyimizdan gözalroq uy bersin» debdi. Bu bir yil oldingi gap.
Ötgan hafta mahalladagilar aytib qolişdi. Qöşni qişloqda katta bir yuk maşinasida muhtojlarga tekin un-yoğ tarqatilayotgan ekan. Örtaça oltmiş-yetmiş million sömlik mahsulot Ramazon arafasida ehson qilinibdi. Bu xayrli işni kim qilgani bilan qiziqdim. Öşa eski tanişimiz – Alloh çiroyli uy berişidan umid qilgan akaning işi ekan bu ham.
Endi mavzuning siyosiyroq tomoniga ötsak. Prezident «Saxovat va kömak» umummilliy harakatini e'lon qildi. Uşbu harakat tafsilotiga töla töxtalmagan holda bir jihatini tahlil qilsak. Davlat rahbari taklif etgan ğoya zamirida davlat boyni, boy kambağalni qöllaşi kerak. Davlat tadbirkorga imtiyoz va pul beradi, işbilarmon öz navbatida istagiga köra noçorlarga hozirgi qiyin şaroitda oziq-ovqat mahsuloti yetkazib beradi yoki iş bilan ta'minlaydi.
Kuzatayotganim va hozirça öqib borayotganlarimning deyarli barçasida tadbirkorlar muhtojlarning uyiga oziq-ovqat olib boryapti. Iş emas. Vaholanki, iş bersa, öşa oila tadbirkorning qöliga qarab ötirmaydi va mehnati evaziga oladi öşa mahsulotni. Mutelik hissi bölmaydi öşanda. Işlagani uçun soliq ham tölaydi, tadbirkor ham işçi kuçiga ega böladi, davlat ham manfaat topadi.
Mexanizm şunday işlamas ekan, biz bu sinovlardan qudratli, irodali bölib çiqolmaymiz. Kambağal yanada siniq, yanada tobe bölib qoladi.
Bugun «boqimanda» degan iborani işlatsangiz «yoqangizga yopişadiganlar» köpaydi. «Biror marta oç qolib kör, ertalab turib bolangga nima topib berişni bilmasang, şunda közing oçiladi» deguvçilar talaygina.
1995-96 yillarda özim ham köp marta oç qolganman. Otam yoki onam har safar uyga non olib kelganda, oxirgi pulini işlatgan bölardi. Köplar şunday edi, lekin ölmaganmiz. Aksinça, öşa tuyğu hozirgaça yuragimga kuç berib turadi...
Şu örinda bir rivoyat yodga tuşdi:
Mavlono Rumiy uylarida yeydigan heç vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta sörayveribdi:
– Heç narsa qolmadimi?
– Yöq.
– Oğizga oladigan heç vaqo yöqmi?
– Yöq.
– Heç narsa-ya?
– Heç narsa...
Hazrati Mavlono şodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qöllarini duoga oçdilar: «Allohim, senga hamdu sanolar bölsin, uyim Rasulullohning xonadoniga öxşabdi...»
Xulosa.
Bugungi imtihon muhtojni ham, boyni ham toblaşi, poklaşi kerak.
Isomiddin Pölatov











