Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilgan, u to‘g‘risidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.
Jamg‘armaning asosiy maqsadi – "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- Jamg‘armani boshqarish tartibi;
- Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari;
- mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari;
- Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari:
- Davlat budjetidan har yillik transfertlar;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq bo‘yicha daromadlardan ajratmalar;
- xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordami;
- jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha olingan summalar;
- Jamg‘armaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
- qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
20:07 / 29.11.2025
Isitish mavsumida yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga 1,2 trillion so‘m yo‘naltirildi
18:08 / 22.11.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
16:31 / 19.11.2025
Prezident yig‘ilishida ikki tuman hokimi ishdan olindi
22:02 / 16.11.2025