Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR markaziy televideniyesi Kim Chen In ishtirokidagi videolavhani namoyish etdi
Bu 11 apreldan buyon ommaga ko‘rinish bermayotgan mamlakat rahbari tasvirlangan ilk videolavhadir.
Foto: Shutterstock
KXDR markaziy televideniyesi davlat kengashi raisi Kim Chen Inning 1 may kuni bo‘lib o‘tgan Sunchxondagi o‘g‘it ishlab chiqarish zavodining ochilish marosimida qatnashgani to‘g‘risidagi reportajni namoyish etdi.
Bu 11 apreldan buyon ommaga ko‘rinish bermayotgan mamlakat rahbari tasvirlangan ilk videolavhadir.
Watch some pars from the footage here.
— NK NEWS (@nknewsorg) May 2, 2020
Kim Jong Un reappears in state media following 21-day absence https://t.co/JTL310MzLT
Our KCTV livestream website had a glitch, but a full HD version with sound will be uploaded soon. pic.twitter.com/vcrRKTYUkD
Reportajda ochilish marosimining asosiy lahzalari aks etgan. Xususan, Kim Chen In korxona ish boshlashini bildirib, qizil tasmani qirqqan. Ko‘rinishidan u tetik va xursand bo‘lib, tez-tez jilmaygan va atrofidagi mansabdorlarga turli ko‘rsatmalar bergan.
Avvalroq Janubiy Koreyaning Yonhap News agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi 20 kun ichida ilk marta omma oldida ko‘rinish bergani haqida xabar qilgandi.
Kim Chen In 11 apreldan buyon ko‘rinish bermayotgan va hatto 15 aprel kuni mamlakatdagi asosiy bayram hisoblangan bobosining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ham qatnashmagandi. Shundan so‘ng, uning og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani, ahvoli og‘irligi va go‘yoki o‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
AQSh nashrlari mamlakat razvedkasi Kim Chen In atrofidagi voqealarni jiddiy kuzatayotgani haqida yozgandi. O‘z navbatida Donald Tramp Kim Chen In bilan «hammasi joyida ekanini» aytib hozircha bu haqda gapirmasligini ma'lum qilgandi.
36 yoshli Kim Chen In mamlakatni 2011 yildan buyon boshqarib keladi. U partiya raisligiga otasining vafotidan so‘ng kelgan va mamlakatni boshqarayotgan sulolaning uchinchi vakili hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025