Şimoliy Koreya yetakçisi, mamlakat mehnat partiyasi raisi Kim Çen In omma oldida köriniş berdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap News agentligi heç qanday manbaga asoslanmay xabar tarqatdi.

«(Tezkor xabar). Şimoliy Koreya yetakçisi 20 kun içida ilk marta omma oldida köriniş berdi», deyiladi xabarda. 40 daqiqa avval joylangan xabar hamon töldirilgani yöq.

Ma'lumot uçun, Kim Çen In 12 apreldan buyon köriniş bermayotgan va hatto 15 aprel kuni mamlakatdagi asosiy bayram hisoblangan bobosining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda ham qatnaşmagandi. Şundan söng, uning oğir operatsiyani boşdan keçirgani, ahvoli oğirligi va göyoki ölgani haqida xabarlar paydo böldi.

AQŞ naşrlari mamlakat razvedkasi Kim Çen In atrofidagi voqealarni jiddiy kuzatayotgani haqida yozgandi. Öz navbatida Donald Tramp Kim Çen In bilan «hammasi joyida ekanini» aytib hozirça bu haqda gapirmasligini ma'lum qilgandi.

36 yoşli Kim Çen In mamlakatni 2011 yildan buyon boşqarib keladi. U partiya raisligiga otasining vafotidan söng kelgan va mamlakatni boşqarayotgan sulolaning uçinçi vakili hisoblanadi.