Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir kunda 71 bemor tuzaldi, shifoxonalarda qolayotganlar soni 500dan kamaydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon va Namanganda yana 43 bemor tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.
Andijon viloyatida 23 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemor reabilitatsiyaga kuzatildi. Ulardan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 8 nafari erkak, 15 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 158 nafarga yetdi.
Namangan viloyatida 20 nafar bemorga javob berildi. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 11 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 64 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda shu paytga qadar 159 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 179 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugunning o‘zida 71 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1846 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda ushbu kasallik aniqlanganlar soni 2349 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 493 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026