Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan davlat rahbarining 2018 yil 30 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida içimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ijrosi holatini Farğona, Qaşqadaryo, Xorazm va Toşkent viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida örganiş yakunlariga bağişlangan yiğilişda töxtalib ötildi.
Ma'muriy hududlar böyiça 2019 yilda Davlat budjeti doirasida markazlaştirilgan kapital qöyilmalar limitlari hisobidan amalga oşiriladigan suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlarini quriş hamda rekonstruksiya qilişning manzilli dasturlari tasdiqlangan. Unga asosan ötgan yilda Toşkent viloyatida 25 ta, Farğona viloyatida 23 ta, Qaşqadaryo viloyatida 40 ta, Xorazm viloyatida esa 8 ta uşbu yönalişdagi loyihalarni röyobga çiqariş borasida tegişli çora-tadbirlar körilgan.
Örganilgan har törtala viloyatlarda tasdiqlangan tarmoq jadvallaridagi loyihalarni amalga oşirişda ayrim kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlandi. Xususan, moliyalaştirişdagi muammolar tufayli Toşkent viloyatida belgilangan loyihalarning 17 tasi, Farğona viloyatida 20 tasi hamda Qaşqadaryo viloyatida 14 tasi töliq yakunlanmagan va şu sababli yildan yilga ötuvçi loyihalar turkumiga ötkazilgan.
Işçi guruhi tomonidan Çirçiq şahrida ötkazilgan örganişlar şuni körsatmoqdaki, suv quvuri ötkaziş jarayonida pudratçilar tomonidan tabiiy ravişda yöl infratuzilmasiga zarar yetkazilgan. Pudratçiga yöl ta'miri uçun mablağ ajratilmaganligi sababli yöllar yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Deputatlarning qayd etişiça, bu aholining e'tiroziga sabab bölyapti.
Har törtala hududning ayrim tumanlarida, ayniqsa, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarining köplab aholi punktlariga yer osti içimlik suvi manbasi yöqligi sababli aholiga içimlik suvi taşib beriş yöli bilan yetkaziladi. Içimlik suvi taşuvçi transport vositalarining aksariyat qismi sanitariya talablariga javob bermaydi. Aholi içimlik suvini sanitariya talablariga zid ravişda oylab davomida maxsus idişlarda yoki hovuzlarda saqlaydi. Bu esa aholi salomatligiga jiddiy ta'sir körsatmasdan qolmaydi.
Yiğilişda örganilgan viloyatlardagi tizimli kamçiliklarga ham e'tibor qaratildi. Xususan, içimlik suvi iste'molini hisobga oliş asboblari, şuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlariga oid zarur barça axborotni “onlayn” rejimida kiritiş, saqlaş, muntazam yangilaş hamda monitoring qilişni ta'minlaydigan yagona tizimning yöqligi suvni isrof qiliş va işlab çiqariş bilan boğliq bölmagan xarajatlar oşib ketayotganiga sabab bölmoqda.
Bundan taşqari, suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlarini quriş hamda rekonstruksiya qilişda har ikkalasining bir vaqtda bajarilmasligi, ayniqsa, köp qavatli yangi uylarda suv ta'minoti bölsa-da, kanalizatsiya tizimi yöqligi va aksinça holatlar uçraşi kuzatilmoqda. Mazkur hududlarning yer osti içimlik suvi şakllanadigan tumanlarida kanalizatsiya tarmoği noçor holda ekanligi mavjud yer osti suv zaxiralarining ifloslanişiga olib kelmoqda. Bu borada qarorda belgilangan ayrim kanalizatsiya obektlari loyihalarining, jumladan, Toşkent viloyatining Böstonliq, Qibray, Farğona viloyatining Farğona, Uçköprik, Beşariq tumanlarida, Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Şahrisabz, Kitob tumanlarida keçiktirilişi uşbu xavfni yanada kuçaytiryapti.
















