Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent “Markaziy Osiyo - Xitoy” platformasida institutsional ishtirokini kengaytiradi
Qonunchilik palatasida “Markaziy Osiyo - Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Hujjat O‘zbekistonning mazkur mintaqaviy platformadagi ishtirokini institutsional darajada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati platforma shaklidagi davlatlararo tuzilma hisoblanib, uning kotibiyatiga Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan tegishli ta’sis hujjatlarini imzolash orqali asos solinmoqda.
Bu diplomatik muloqot shakli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan ko‘p asrlik do‘stlik va sheriklik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati 2023 yil 19 may kuni ishtirokchi davlatlar tomonidan qabul qilingan Sian deklaratsiyasiga muvofiq tashkil etilmoqda.
Kotibiyat Formatning ijro organi hisoblanib, u ishtirokchi-davlatlar sammitlari va tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlarini tashkiliy, texnik va axborot jihatdan ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Qonun loyihasi bilan “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish nazarda tutilgan. Nizom muqaddima va to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, unda Kotibiyatning vazifalari, vakolatlari, tuzilishi va tarkibi, huquq va majburiyatlari hamda maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlangan.
Majlisda ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyatida faol va tizimli ishtirokini ta’minlashi, platforma doirasida milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, milliy manfaatlarni munosib himoya qilish imkonini berishi alohida ta’kidlandi.
Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:00 / 09.06.2026