Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda robot-it odamlar orasidagi ijtimoiy masofani nazorat qiladi
Singapur rasmiylari shahardagi Bishan-Ang Mo Kio bog‘ini patrullashda Boston Dynamics kompaniyasining Spot nomli robot-iti qo‘llanishini e'lon qilishdi. Robot koronavirus pandemiyasi sharoitida odamlar orasida saqlanishi kerak bo‘lgan ijtimoiy masofa ortidan kuzatadi.
Robot-it zarurat bo‘lsa, tashrif buyuruvchilardan bir-birlaridan xavfsiz masofaga uzoqlashishni so‘raydi. Robot bog‘da ikki haftalik sinov doirasida qo‘llanadi.
Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun robot kameralar, dinamik va boshqa zarur qurilmalar bilan jihozlangan. Rasmiylar kameralar odamlar yuzini identifikatsiya qilish uchun emas, balki masofani kuzatish uchungina qo‘llanishini aytishgan.
“Spot turli murakkablikdagi hududlar bo‘yicha harakatlana olishi sababli tanlandi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, unda robot-itlar boshqa bog‘larni va hattoki ko‘chalarni patrullaydi”, deyilgan hukumat saytida.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
07:35 / 23.03.2026