09:25 / 13.05.2020
31055

Kambag‘allik virusdan himoyalaganda. JARda kasallik qanday jilovlandi?

Koronavirus dunyoning to‘rt tomoniga tarqalib bo‘ldi. Dunyoning eng janubiy mamlakatlaridan biri JARga (Janubiy Afrika Respublikasi) virus 5 mart kuni yetib borgandi. 58 million odam istiqomat qilgan bu mamlakatda bugungi kunda 11 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgan va 206 kishi virus sabab vafot etgan.

VVS ijtimoiy tabaqalanish yuqori bo‘lgan va shundog‘am yuqumli kasalliklar ko‘p bo‘lgan bu mamlakatda qanday qilib koronavirus haddan tashqari ko‘payib ketmaganini tahlil qildi. 

 
Kambag‘allik virusdan himoyalaganda. JARda kasallik qanday jilovlandi?

Kambag‘allik virusdan himoyalaganda. JARda kasallik qanday jilovlandi? 👉 https://kun.uz/61708069

Posted by Kun.uz on Tuesday, May 12, 2020

Ma'lum qilinishicha, JARda kasallik asosan boy odamlar orasida tarqalgan. Yohannesburgdagi kasalxonalardan birining shifokori Tom Boylzning aytishicha, boy odamlar Yevropa va boshqa turli mamlakatlarga uchib, kasallikni yuqtirib kelgan. Ijtimoiy tabaqalanish kuchli bo‘lgan mamlakatda boy odamlar kambag‘allar kvartallaridan olisda yashaydi. Shu sabab xarobalarda yashaydigan miskinlar orasida virus keng tarqalmagan.

Bundan tashqari, JARda yuqumli kasalliklar ko‘p bo‘lgani uchun minglab jamoatchi shifokorlar faoliyat yuritadi. Ular ko‘plab ko‘ngillilar yordamida odamlar orasida 3 milliondan ortiq test o‘tkazishga yordam berishdi. Natijada kasallik keng tarqalmagan.

58 million aholisi bor, ijtimoiy tabaqalanish kuchli bo‘lgan va kambag‘allar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat uchun bu yuqori ko‘rsatkich emas. Masalan, dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri Kanadaning 38 millionga yaqin aholisi bor. Tibbiyot rivojlangan Kanadada 70 mingdan ortiq odam virus yuqtirdi va 5 mingdan ko‘proq bemor halok bo‘ldi.

Mahalliy hukumatning qat'iyat bilan harakat qilgani va shaharlarda odamlar harakatlanishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy obektlarni tezda yopganini ham ta'kidlash kerak. Shaharlarda faol hayot to‘xtatib qo‘yilgani kasallik tarqalishining oldini olishga xizmat qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top