O‘zbekiston | 14:02 / 14.05.2020
60569
1 daqiqa o‘qiladi

Uzcard ta'sischisi o‘zgardi

Oybek Tursunov Uzcard’ning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Uzcard brendi ostida faoliyat olib boruvchi «Yagona umumrespublika protsessing markazi» mas'uliyati cheklangan jamiyati (MChJ) ta'sischilari tarkibi yangilandi. Bu o‘zgarish haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subektlari haqidagi ma'lumotlar bo‘limida ma'lumot berilgan

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrida MChJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan boshqa jismoniy shaxs – Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga o‘tgani ko‘rsatilgan.

Uzcard’ning qolgan 25 foizi ulushi «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJning o‘ziga tegishli hisoblanadi.

Mavzuga oid