Korporativ axborotlar yagona portaliga joylangan ma’lumotlarga köra, Oybek Tursunov “Kapitalbank” ATB affillangan şaxslari röyxatidan çiqarilgan.
Affillangan şaxs – tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi yuridik va/yoki jismoniy şaxslarning faoliyatiga ta’sir körsatişga qodir jismoniy yoki yuridik şaxs.
Qonunçilikka köra, jamiyatning 20 foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoşlari bilan birgalikda egalik qiluvçi jismoniy şaxs jamiyatning affillangan şaxsi deb e’tirof etiladi.
Oybek Tursunov 2021 yil noyabr oyida “Kapitalbank”ning 34,1 foiz aksiyasini sotib olib, bankdagi uluşini 50 foizga yetkazgan edi. Endilikda bankning affillangan şaxslari röyxatidan çiqarilgani uning kompaniyadagi uluşi 20 foizdan kamayganini anglatadi.
Eslatib ötamiz, Tursunov “Kapitalbank”dagi uluşini 50 foizga yetkazganidan köp ötmay, öşa oyda (2021 yil noyabr) Rossiyaning “Telekominvest” kompaniyasi uşbu bank aksiyadoriga aylangan edi.
Yanvar oyiga kelib, “Telekominvest” “Kapitalbank”ning yana 8,33 foiz aksiyasini sotib oldi va bank ustav kapitalidagi uluşini 25 foizgaça oşirdi.
“Telekominvest” MÇJ – milliarder Alişer Usmonovning USM Holdings kompaniyasining şu’ba korxonasi hisoblanadi.
Tursunovning affillanganlar röyxatidagi örni Rossiya kompaniyalari – “Telekominvest” MÇJ va “Korus” AJ tomonidan töldirildi. “Korus” kompaniyasi “Kapitalbank”ning affillangan şaxslari röyxatiga 2022 yil 12 yanvardan boşlab qöşilgan. “Korus” ham Alişer Usmonovga qaraşli “Telekominvest”ga affillangan.
2022 yilning 6 yanvaridan 18 yanvariga qadar Fond birjasida “Kapitalbank” aksiyalari paketlari bilan 975,46 milliard sömlik 9 ta bitim (har bir bitimda 32,98 million dona aksiya yoki 8,33 foiz)












