“Kapitalbank” ATBning 50 foiz aksiyalari tadbirkor Oybek Tursunovga ötdi. Bu haqda “Toşkent” respublika fond birjasi saytida ma'lumot berilgan.

Birjadan taşqaridagi savdo amaliyoti 29 oktabr kuni bölib ötgan va tuzilgan bitimga köra, “Kapitalbank”ning 112 490 703 dona oddiy aksiyalari tadbirkor tomonidan sotib olingan. Bu – bank umumiy aksiyalarining 34,1 foizini taşkil qiladi. Rasmiy manbada xarid qiymati oçiqlanmagan.

Spot ma'lumotiga köra, bungaça Oybek Tursunov bankning 15,9 foiz oddiy aksiyalariga egalik qilgan va ayni paytda uning qölida 164 927 890 dona oddiy bank aksiyasi jamlangan. Umumiy hisobda tadbirkor “Kapitalbank”ning 50 foiz aksiyalariga egalik qilmoqda.

2020 yil may oyida Oybek Tursunov Uzcard'ning 75 foiz uluşiga ega bölgan, biroq öşa yilning avgustida aksiyalarning 51 foizlik nazorat paketi Özbekiston Milliy bankiga, yana 6 foizi esa boşqa törtta bankka ötkazilgandi.