Bu ajablanarli emas: epidemiya butun dunyoga ta'sir ko‘rsatdi, odamlar hayotiga tahdid solmoqda, nafaqat epidemiyaga qarshi tor ma'nodagi kurash bilan bog‘liq, balki butun jamiyat hayotiga tegishli ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda.
Koronavirus tufayli kun tartibidan tushgan ba'zi muammolarni hal qilishga allaqachon kech. Qolganlari esa dolzarb bo‘lib qolmoqda yoki yanada chigallashmoqda.
Ba'zi hukumatlar barchaning diqqati Covid-19'ga qaratilganidan o‘zlarining uzoq yillik niyatlarini amalga oshirishda foydalanishmoqda.
BBC kelgusi hafta va oylarda har qanday bo‘lmasin biror usul bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan beshta asosiy muammoni esladi.
Yangi yadro poygasi xavfi
Rossiya-Amerika strategik qurollarni qisqartirish shartnomasi (SNV-3) muddati kelasi yil fevral oyi boshida tugaydi. Bu «sovuq urush» davridan meros qolgan qurollarni nazorat qilish bo‘yicha so‘nggi yirik bitim.
Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan uni uzaytirish mumkin, ammo bu uchun yetarli vaqtning o‘zi qolmadi.

Agar bu amalga oshmasa, haqiqiy tahlikalar paydo bo‘ladi, agar tiyilish yo‘qligi va shaffoflik yetishmovchiligi kuzatilsa, yangi yadro bilan qurollanish poygasi boshlanadi. Xavf yangi maxfiy qurollarning, masalan, parvoz paytida nayrang qila oladigan yuqori sezgir raketalar paydo bo‘lishi tufayli ortmoqda.
Yangi keng qamrovli hujjatni ishlab chiqish uchun vaqt qolmadi. Rossiya yuridik jihatdan murakkab bo‘lgan shartnomani yangilashga tayyorligini sezdirmoqda.
Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati, agar Xitoy unga qo‘shilmasa kelishuvdan chiqib ketish istagida, Pekin tomonidan esa eng mitti intilish ham kuzatilmayapti.
Shunday qilib, agar Vashington so‘nggi daqiqada fikrini o‘zgartirmasa yoki Oq uyga yangi xo‘jayin kelmasa, strategik hujum qurollari tizimi tarixga aylanadi.
Eron atrofidagi keskinlik oshishi
AQShning Qo‘shma kompleks harakat rejasi deb nom olgan Eron yadro dasturiga oid kelishuvdan 2015 yilda chiqib ketishi sababli yuzaga kelgan mojaro uni yanada keskinlashtirmoqda.














