13:50 / 18.05.2020
25278

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2300ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan va Samarqandda jami 28 kishi koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Namangan viloyatida 7 kishiga javob berilgan. Sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (3 nafari Namangan shahridan, 2 nafardan Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 15 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 214 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida navbatdagi 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Past Darg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2275 nafarni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda yana 475 bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top