O‘zbekiston | 20:10 / 21.05.2020
57905
3 daqiqa o‘qiladi

«Qizil» hududlar qaysi shart bilan «sariq» toifaga o‘zgartirilishi ma'lum qilindi

«Qizil», «sariq», «yashil» toifalarga ajratilgan hududlarda karantin darajasi qaysi hollarda yumshatilib, boshqa rangga o‘tishi mumkin?

Ushbu savolga bugun, 21 may kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan onlayn brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov javob berdi.

«Yangi aniqlangan kasallanish holatlari kamayib, sog‘ayganlar soni ko‘payib borishi bilan «qizil» hududlar «sariq»qa o‘zgarishi mumkin.

Yangidan aniqlangan hollar batamom tugab, mavjud bemorlar tuzalganda «sariq» hudud «yashil»ga o‘zgartiriladi», – dedi Oqilov.

Habibulla Oqilov

– Dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘layotganmish. Bizda ham shunday holat bo‘lishi mumkinmi?

– Chet ellik hamkasblarimiz bilan deyarli har kuni aloqada bo‘lib, tajriba almashib turibmiz. Hozirgi kunda ikkinchi to‘lqin haqida axborotlar yo‘q.

Xitoyning Xeylunzyan provinsiyasida kir yuvish korxonasining xizmatchisida koronavirus aniqlanib, 100 millionga yaqin fuqarolar karantinga olingan. Lekin bu ikkinchi to‘lqin degani emas.

Vrachman. 14 kun mobaynida karantin zonasida ishladim. Men ham 25 million so‘m olishga haqqim bormi?

– Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5969-sonli farmoniga asosan, koronavirusga karshi kurashga jalb qilingan, lekin bevosita bemorlar bilan aloqada bo‘lmagan xodimlarning oylik lavozim maoshiga har kunlik 6 foizli qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingan.

Karantin muassalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari ham ushbu 6 foizli toifaga kiradi. Ushbu to‘lovlar bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Moliya vazirligining 71 203 00 50 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid