Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdan kelayotgan bemor uy sharoitida karantinga olinishi uchun Maxsus komissiya ruxsatnomasi talab etiladi – SSV
Agar fuqaroning sog‘ligi uy sharoitida karantin o‘tashni taqazo etsa, fuqaro o‘zi davolanayotgan shifokor bergan ma'lumotnomani O‘zbekistonning o‘zi bo‘lib turgan davlatdagi elchixonasi konsullik bo‘limiga yuborishi kerak bo‘ladi.
Bugun, 21 may kuni AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibulla Oqilov charter reyslarda keluvchi bemor fuqarolarning karantinga joylashtirilishi haqida ma'lumot berdi.
Habibulla Oqilovning qayd etishicha, xorijdan keladigan barcha fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olinishi kerak. Biroq charter reyslarda bemorlar ham olib kelinsa va ularning sog‘ligi statsionar karantin sharoitida bo‘lishga imkon bermasa, bu holatda shifokor ma'lumotnomasi talab etiladi.
«Agar fuqaroning sog‘ligi uy sharoitida karantin o‘tashni taqozo etsa, fuqaro o‘zi davolanayotgan shifokor bergan ma'lumotnomani O‘zbekistonning o‘zi bo‘lib turgan davlatdagi elchixonasi konsullik bo‘limiga yuborishi kerak bo‘ladi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqaroning uy sharoitida karantinga olinishi mumkinligi to‘g‘risida so‘ralgach, ruxsatnoma Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali maxsus komissiyadan olinishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekistonga kelgach uy sharoitida karantinga joylashtirilishi mumkin», deya ma'lumot berdi Habibullo Oqilov.
Eslatib o‘tamiz, 11-24 may kunlari davomida 12ta charter reys orqali xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelinmoqda.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026