Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati «Tolibon»ning 900 nafar a'zosi ozodlikka chiqarilganini e'lon qildi
Yakshanba kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e'lon qilishiga javoban qamoqxonalardan 2 mingga yaqin tolibni ozod qilish to‘g‘risida farmoyish bergandi.
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatining 900 nafar tarafdori qamoqxonalardan ozod qilinganini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik kengashi vakili Javod Faysalga tayanib 1TV telekanali xabar berdi.
Faysalning qayd etishicha, "mahbuslar mamlakatdagi o‘t chishni to‘xtatish rejimini davom ettirish va ichki muzokaralarni boshlash maqsadida ozod qilinmoqda".
Dushanba kuni Bagram shahridagi qamoqxonadan 100 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan. Yakshanba kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e'lon qilishiga javoban qamoqxonalardan 2 mingga yaqin tolibni ozod qilish to‘g‘risida farmoyish bergandi.
29 fevral kuni Dohada AQSh va «Tolibon» radikal harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangan edi. Bitimga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari 14 oy ichida Afg‘onistondan harbiylarini olib chiqib ketishi, hukumat esa jami 5 mingga yaqin tolibni ozodlikka chiqarishi kerak edi.
Mavzuga oid
11:30
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026