Jahon | 22:21 / 28.05.2020
2652
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytning milliy aviakompaniyasi 1,5 ming xorijlik xodimini ishdan bo‘shatadi

Kuvaytning milliy aviakompaniyasi Kuwait Airways koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sababli 1,5 ming xorijlik xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. 

Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati Twitter’da ma'lum qildi.  

Kuvayt mart oyida Eron va Iroqda ko‘plab koronavirusga chalinish holatlari qayd qilingach, Fors ko‘rfazlari davlatlaridan birinchi bo‘lib xalqaro aeroportini barcha reyslar uchun yopgan. Bu mamlakatga koronavirusning kuchli tarqalishi oldini olishga imkon bergan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, amirlikda koronavirusga chalinganlar soni 24 mingdan oshib ketdi. So‘nggi sutkada virusga 845 kishi chalingan. Koronavirus qurbonlari soni 185 nafarni tashkil qilmoqda, undan 8,6 mingdan ko‘proq kuvaytlik sog‘ayib ketgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid