Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirishda Rossiyaning ishtirok etishiga qarshi chiqdi
Tojikistonning Rossiya TIVga yo‘llagan notasida qayd etilishicha, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalalarini hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga uchinchi tomonning jalb etilishi maqsadga muvofiq emas.
Dushanbe Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirishda Moskvaning ishtirok etishiga qarshi chiqib, Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota yo‘lladi. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Tojikiston TIV Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 26 may kuni KXShT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat borasida aytgan fikrlariga javoban "bu masala tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida muhokama mavzusi bo‘lmagan"ligini bildirdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasidagi chegara masalalarini hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga uchinchi tomonning jalb etilishi maqsadga muvofiq emas.
Notada "davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish sohasidagi faoliyat KXShTga a'zo davlatlarning ichki ishi ekanligi va faqat ikki tomonlama asosda olib borilishi" ta'kidlangan.
Lavrov avvalroq Tojikiston va Qirg‘izistonni kuch ishlatishdan tiyilish uchun muloqotga kirishga chaqirgandi. U shuningdek, bu masalada vositachilik qilishga tayyorligini aytgandi.
24 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi. Qirg‘iziston tomonining ma'lum qilishicha, respublika chegarachilari Qirg‘iziston hududida chorvaning noqonuniy o‘tlatilishi oldini olishgan. Ta'kidlanishicha, Tojikistonning Vorux anklavi aholisi tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.
Tojikistonning ta'kidlashicha, ushbu voqea Qirg‘iziston tomonidan amalga oshirilgan ig‘vo bo‘lgan. Tojikiston versiyasiga ko‘ra, qirg‘iz cho‘ponlari Tojikiston hududiga kirib borib, Puli Oftobro‘ya qishlog‘i aholisi bilan mojaroga kirgan.
Ikki qo‘shni davlat chegarasida mahalliy aholi va ikki tomon chegarachilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan nizoli vaziyatlar yuz berib turadi. Buning asosiy sababi chegaraning ba'zi qismlari aniq belgilanmagani va chegara qayerdan o‘tishini tushunish qiyinligi hisoblanadi. Oxirgi shunday mojarolardan biri 8 may kuni yuz bergandi. O‘shanda Qirg‘iziston tomondan 3 harbiy, Tojikiston tomondan 2 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026