O‘zbekiston | 19:59 / 30.05.2020
7432
6 daqiqa o‘qiladi

“MDH bo‘yicha eng kam mahkum O‘zbekistonda, biroq ma'lumotlar ochiq bo‘lmagani uchun xalqaro reytinglarga kirmaganmiz” – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevning aytishicha, O‘zbekistonda har 100 ming nafar kishiga mahkumlar soni 100 nafarga ham yetmaydi (94-95 nafar), bu – MDH davlatlari orasida mahkumlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich. Biroq buni ochiq e'lon qilmaganimiz uchun ko‘pgina xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni reytinglarga kiritmagan. U bu haqda 29 may kuni Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

Aslida O‘zbekiston sobiq Ittifoq va MDH davlatlari orasida mahkumlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkichda turgan davlat. Bu har 100 ming fuqaro soniga nisbatan hisoblanadi. Bizda har 100 ming nafar kishiga 100 nafarga ham yetmaydigan (94-95 nafar) mahkumlar soni to‘g‘ri keladi. Biroq buni ochiq e'lon qilmaganimiz uchun ko‘pgina xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni reytinglarga kirita olmasdi va noto‘g‘ri taassurotlar paydo bo‘lardi.

Hibsxonalar soni va ularning joylashuvi ham ochiq ma'lumot sirasiga kiritilmoqda. Bu ham xalqaro tajribada ochiq ma'lumot sanaladi. Endi O‘zbekistonda ham bu kabi ma'lumotlar, shuningdek, mahkumlar orasida kuzatiladigan o‘lim holatlari hammasi ochiq ma'lumot hisoblanadi. Buni esa juda katta qadam sifatida e'tirof etish kerak”, deya Ulug‘bek Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

O‘zbekistondagi qamoqxonalar va mahbuslar soni ochiqlanadi

Ombudsman 2019 yilda, BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standartlari qoidalari” (Nelson Mandela qoidalari) tarjima qilinib, jazoni ijro etish muassasalariga tarqatilgani, buning natijasida mahkumlar haq-huquqlarini talab qila boshlashgani, jazoni ijro etish muassasalarida ham ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarganini bildirdi.

Tadbirda qayd etilishicha, oxirgi yillardan mahbuslarning inson sifatida bir qator huquqlari tiklangan. Jumladan:

·       ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi berildi;

·       mahkumlarning ish haqidan ijtimoiy sug‘urta ajratilmasligi belgilanib, pensiya ta'minotiga ega bo‘lishi ta'minlandi;

·       Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning telefon so‘zlashuvi, yo‘qlov va uchrashuvlar olishi soni qariyb ikki barobarga ko‘paytirildi;

·       Toshkent viloyati Zangiota tumanida zamonaviy, xalqaro standartlarga mos ravishda yangi tergov hibsxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi;

·       davlat budjeti hisobidan 18 ta koloniyada kapital hamda 17 ta koloniyada joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi;

·       Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatildi.

·       ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta'lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

“Oxirgi vaqtda inson huquqlari sohasida ham katta islohotlar o‘tkazilmoqda. Bu islohotlarning hammasi: inson huquqlari, unga amal qilish O‘zbekiston Konstitutsiyasida aks etgan. Va konstitutsiya hamda boshqa normalarda aks etgan qonun-qoidalarga amal qilishimiz zarur. Bu ko‘p yillar bahslarga ham sabab bo‘lib kelgan. Shuning uchun biz oxirgi yillar mobaynida Konstitutsiyada belgilangan huquq va normalarni joy-joyiga qo‘yish yo‘lidan ketyapmiz. Qabul qilinayotgan o‘zgarish va yangiliklar ham shunga qaratilgan.

Jazoni ijro etish tizimida oxirgi yillarda davlat rahbari tomonidan 11 marta 4 mingdan ortiq fuqaro uchun afv e'lon qilinishi ham ijobiy qadam bo‘ldi. Bundan tashqari, bir nechta qarorlar qabul qilindi: 2019 yilda parlament saylovlari jarayonida birinchi marta mahbuslar ham ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi. Biz esa ularning saylovda qatnashishi jarayonini monitoring qilish imkoniga ega bo‘ldik.

O‘tgan yil amalga oshirilgan yana bir yangilik mahkumlarning pensiya ta'minotiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Oldin ham bu masala ko‘tarilgan, xalqaro tajribada ham mavjud bo‘lsa-da, bizda amaliyotga joriy etilmagan edi”, deydi Ulug‘bek Muhammadiyev.

«O‘zbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzilishi rejalashtirilmoqda

Qiynoqqa solingan shaxslarga yetkazilgan zarar qoplanadi – Svetlana Ortiqova

2019 yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DXX xodimlari – Svetlana Ortiqova

Mavzuga oid