“Istaymizmi-yöqmi, [mamlakatimizdagi jazoni ijro etiş muassasalarida, tergov izolyatorlarida, maxsus hibsxonalarda] qiynoqlar masalasi bor. Oldin ham juda köp bölgan, faqat Özbekiston hukumati buni tan olmagan. Lekin oxirgi yillarda Özbekistonda qiynoqlar masalasi mavjud ekanini oşkor etmoqda. Oldinroq prezident tomonidan kambağallik masalasi aytib ötildi. Qiynoqlar masalasi ham şunday: hozir ham Özbekistonda mavjud.

Qiynoqlar böyiça Ombudsmanga kelayotgan murojaatlarni tahlil qiladigan bölsak, 2019 yilda bu masalada 138 ta şikoyat yuborilgan. Bular mahkumlarning özlari, qarindoşlari tomonidan yozilgan. Şikoyatlarning monitoringi rasmiy saytimizda ham doimiy olib boriladi va Oliy Majlisga hisobot sifatida taqdim etib boriladi”, deya Uluğbek Muhammadiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ombudsmanning 2019 yildagi faoliyati töğrisidagi hisobotida qayd etilişiça, 2019 yil davomida qiynoqlar böyiça 138 ta şikoyat kelib tuşgan va ularning barçasi körib çiqilgan. Natijalari böyiça Boş prokuratura tomonidan jinoiy iş qözğatişni rad etiş töğrisidagi 4 ta qaror bekor qilinib, qöşimça tergovga yuborilgan, 31 ta holat böyiça protest kiritiş uçun asoslar topilmagan, 45 ta holat böyiça bayon etilgan faktlar öz tasdiğini topmagan, 18 ta murojaat işlarni sudlarda körib çiqiş munosabati bilan protsessual tartibda sudga yuborilgan.

Hisobotda keltirilişiça, aksariyat hollarda, özaro notaniş bölgan turli şaxslar tomonidan yozilgan şikoyatlarda ularga nisbatan noqonuniy usullar quyidagi viloyatlar (tuman) içki işlar organlari xodimlari tomonidan amalga oşirilganligini körsatib ötişgan:

  •  Toşkent viloyati (Angren şahri Pskent tumani Tovoqsoydagi 7-sonli KIN, JIEBBning 1-sonli tergov hibsxonasi);
  •  Qaşqadaryo viloyati (Qarşi şahar, Şahrisabz tumani IIB, Qarşi şahridagi 3-sonli KIN);
  •  Buxoro viloyati (Buxoro şahri Jondor tumani IIB, Qorovulbozordagi 17-sonli KIN);
  •  Navoiy viloyati