Jahon | 21:34 / 30.05.2020
6253
2 daqiqa o‘qiladi

Minneapolis meri shahardagi tartibsizliklarni boshqa shtatlardan kelganlar uyushtirayotganini aytdi

Minneapolisda tartibsizliklar uyushtirayotganlar bu shahar aholisi emas, deb ma'lum qildi shahar meri Jyeykob Frey.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minneapolis aholisi shaharda sodir bo‘layotgan tartibsizliklardan qo‘rquvga tushgan.

"Buni amalga oshirayotganlar Minneapolis aholisi emas, ular bu shahar, bu hududdan emas", - dedi Frey.

U hafta boshida shaharda asosan tinch namoyishlar bo‘lganini, ammo "vaziyat boshqacha tus olgani"ni aytdi.

Qo‘shni Sent-Pol shahri meri Melvin Karter ham shaharda norozilik namoyishlari vaqtida qo‘lga olinganlar boshqa shtatlarda yashaydiganlar ekanligini bildirdi.

25 may kuni Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida politsiyachi uni o‘ldirib qo‘ydi. Floydning o‘limi xabariga javoban Minneapolisda politsiya zo‘ravonligi va irqiy tengsizlikka qarshi namoyishlar boshlanib ketdi. Shaharda tartibsizliklar, talonchilik va binolarga o‘t qo‘yishlar yuz berdi. Minneapolis markazida bir necha yirik yong‘in ro‘y berdi, ko‘plab do‘konlar to‘liq yonib ketdi. 

Mavzuga oid