Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiya OAV orqali Belarusga muammolar tiqishtirayotganini aytdi
May oyi boshida Rossiyaning Birinchi kanali suratga olish guruhi akkreditatsiyadan mahrum qilingandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Valeriy Vakulchik bilan uchrashuvida mamlakatda bir nechta pandemiya mavjudligini aytdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar bermoqda.
"Pandemiyalardan biri sog‘liqni saqlash sohasida. Xudoga shukr, uni asta-sekin bartaraf etyapmiz", - dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar sababli siyosiy pandemiya, jahondagi inqiroz bois iqtisodiy pandemiya vujudga kelgan.
"Hali infopandemiyani aytganim yo‘q. Hozirda internet axlatxonasiga har narsani tashlashyapti va xorijdan, xususan qardosh birodarlarimiz ham OAVda muammolarni tiqishtirmoqda. Ammo biz bularning barchasini ko‘rib turibmiz", - dedi Belarus prezidenti.
May oyi boshida Belarus TIV Rossiyaning Birinchi kanali suratga olish guruhini respublikadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi lavhasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:06 / 02.04.2026