Jahon | 22:51 / 05.06.2020
6049
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York meri AQShdagi namoyishlar ishtirokchilarini koronavirusga test topshirishga chaqirdi

Nyu-York shahri meri Bill de Blazio afroamerikalik Jorj Floyd o‘limi sababli AQShda o‘tayotgan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan barchani koronavirusga test topshirishga chaqirdi.

Foto: AP Photo / Alan Diaz

“Agar siz namoyishlardan birida qatnashgan bo‘lsangiz, sizni koronavirusga testdan o‘tishga chaqiraman”, deb aytgan mer o‘z saytida namoyish qilingan matbuot anjumanda.

Uning ta'kidlashicha, koronavirusga chalinish xavfi hali ham mavjud va odamlarning ommaviy to‘planishi virusga chalinish holatlari ortishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli niqoblarni taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni davom ettirish lozim.

May oxiridan boshlab AQShning yirik shaharlarida Floydning politsiyachilar zo‘ravonligi oqibatida vafot etishi bilan bog‘liq holda namoyishlar va tartibsizliklar davom etib kelmoqda.

Mavzuga oid