Qayd etilişiça, Respublika maxsus komissiyasi xabarida karantin talablariga amal qiliş asosida ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi. Masjidlar 2020 yil 8 iyundan boşlab faqat «yaşil» hududlarda faoliyatini boşlaşi, uşbu maskanlarda 5–8 iyun kunlari sanitar çoralar körilişi e'lon qilindi.

«Haqiqatan, barça mömin-musulmonlarimiz masjidlarda namoz öqişni juda soğinişdi, buni ilhaqlik bilan kutayotgandilar. Alhamdulillah, masjidlar eşiklari mömin-musulmonlarimizga yana oçildi, karantin mezonlariga amal qilgan holda «yaşil» hududlarda fayzli ibodatlarni boşlaymiz. Qolgan «sariq» va «qizil» hududlarda yana bir oz sabr qilsak, uşbu kasallik xavfi kamaysa, u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, inşa Alloh», - deyiladi bayonotda.

Bildirilişiça, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar faoliyatini karantin davrida taşkil etiş, masjid iş faoliyatini sanitariya-epidemiologik qoidalarga muvofiq yuritiş va ibodatlarni ado etiş uçun zarur şart-şaroitlarni hozirlaş borasida quyidagi tavsiyalar işlab çiqildi.

1. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-şahar kesimida «yaşil» hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 2020 yil 8 iyun, duşanba kuni bomdod namozidan boşlab, kunlik beş vaqt farz namozlarini ijtimoiy masofalanişni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etiş.

2. Masjidlarda ibodatlarni taşkil etiş böyiça quyidagi talablar belgilandi:

masjidning kiriş joyini dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş, birlamçi dezinfeksiyalaş vositalari bilan ta'minlaş;

har bir namozxon tibbiy niqobda bölişi, masjidga kirişda qöllarini dezinfeksiyalaş vositasidan foydalanişi;

masjidga taşrif buyurgan har bir şaxsning kasallik alomatlarini tekşiriş, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan holatda fuqarolarni alohidalaş va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar beriş;

tahoratxonadan faqat zarur şaroitlar yaratilgan (bir martalik soçiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta'minlaş, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qiliş), ijtimoiy masofalaniş saqlangan hollarda foydalaniş;

masjidda qöl berib yoki quçoqlaşib salomlaşiş taqiqlanişi;

masjid binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qiliş, xonalarni şamollatiş;