Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kuchli zilzila yuz berishi mumkin – OAV
Ekspertlar Hindiston hukumati va Dehli hokimiyatini ehtimoliy kuchli zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Hindiston milliy poytaxt okrugida kuchli zilzila yuz berishi mumkin, deb yozmoqda Business Today nashri qator institutlarning geofiziklariga tayanib.
Ekspertlarning qayd etishlaricha, keyingi uch oy ichida hududda 11ta kuchsiz yer silkinishlari kuzatilgan, oxirgi ikki yil davomida esa poytaxt okrugida yerosti silkinishlari 64 marta qayd etilgan.
"Davriy yerosti silkinishlari kuchli zilzila sodir bo‘lishiga ishora qiladi", - dedi Hindiston texnologiyalar institutining amaliy geofizika kafedrasi professori Prosanta Kumar Xon.
Ekspertlar Hindiston hukumati va Dehli hokimiyatini ehtimoliy kuchli zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Himolay geologiya instituti rahbari doktor Kalachand Sainning aytishicha, geofiziklar zilzila vaqti va uning sodir bo‘lish-bo‘lmasligini aniq ayta olishmasa-da, muntazam yerosti silkinishlari kuchli zilziladan darak beradi.
Dehli milliy poytaxt okrugiga Nyu-Dehli shahridan tashqari, Xaryana, Uttar-Pradesh va Rajasthan shtatlaridagi qator rayonlar ham kiradi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026