Armaniston bosh vaziri koronavirusdan sog‘aydi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga chalingandan keyin undan sog‘ayganini ma'lum qildi. Pashinyan virusga chalinganini 1 iyunda ma'lum qilgandi.
“Hozirgina oilamizning koronavirusga takroriy test natijalarini oldik. Barcha natijalar manfiy. Kecha ham shunday natijalar bo‘lgandi. Ayni vaqtda barchamiz sog‘miz, bizda immunitet bor. Men o‘z majburiyatlarimni to‘liq bajarishga qaytmoqdaman”, deb yozgan Pashinyan Facebook’da.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri unda kasallik alomatlarsiz o‘tayotganini ma'lum qilgan. Pashinyanning taxminicha, u yig‘ilishlardan birida unga stakanda suv keltirgan qo‘lqoplarsiz bo‘lgan ofitsiantdan virus yuqtirib olgan. Shundan keyin bosh vazir majburiyatlarini masofadan bajarishga o‘tgan.
Avvalroq Armaniston koronavirusga chalinganlar oqimini eplay olmayotgani ma'lum qilingan. Pashinyanning ta'kidlashicha, mamlakatda virusga chalinganidan bexabar bo‘lgan 30 mingga yaqin alomatsiz bemor bor.
Keyinroq Pashinyan koronavirus tarqalishi respublikada og‘ir darajada ekanini ma'lum qilgan. Shu munosabat bilan respublikada hattoki lokdaun e'lon qilish imkoniyati ham ko‘rilgan.
Mavzuga oid
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024