Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 19 yoshli yigit suvda cho‘kib vafot etdi
Xonqa tumanidagi “Shovot” kanalida 19 yoshli yigit cho‘kib ketgan.
Bugun, 10 iyun kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonqa tumanidagi “Shovot” kanalida 19 yoshli yigit cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu holatga uning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Suvda qutqaruv guruhi tomonidan amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida hodisa sodir bo‘lgan hududdan fuqaro A.S.ning jasadi topilgan.
Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalar tomonidan o‘z bolalarini qarovsiz qoldirmasligini hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026