O‘zbekiston | 08:26 / 12.06.2020
60294
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori qancha?

1991 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarning o‘rtacha miqdori 96 so‘m 50 tiyin bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 may holatiga 747 480 so‘mga yetdi.

2020 yil 1 may holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 734 230 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1991 yil 1 yanvar holatiga (2 158 995 nafarga) nisbatan 1 575 235 nafarga yoki 42,2 foizga ko‘paydi.

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy aholi sonidagi ulushda ham o‘sish bor. 1991 yilda 10,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 11,0 foizni tashkil qilib, 0,6 foizga ortgan.

Pensiya va nafaqa oluvchilarni hududlar kesimida olib qaralsa, ularning 13,3 foizi Toshkent shahriga, 12,3 foizi esa Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon viloyatlarida 11 foizdan ortiq va Xorazmda 11,0 foizni tashkil etadi.  Boshqa hududlarning 9 foizdan 10 foizgacha bo‘lgan aholisi pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘g‘ri keladi.

Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiya va nafaqa oluvchilarni yanada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston prezidentining farmonlariga asosan 1991-2020 yillarda pensiya va nafaqalarning miqdori 64 marotaba oshirildi. 1991 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarning o‘rtacha miqdori 96 so‘m 50 tiyin bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 may holatiga 747 480 so‘mga yetdi.

Mavzuga oid