Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda avtosisterna portlashi oqibatida yuzdan ortiq kishi jarohatlandi
Portlash to‘lqini shu darajada kuchli bo‘lganki, sisterna shossedan uchib chiqib ketgan, yaqin atrofdagi binolar vayron bo‘lgan, shosse va aholi punktidagi avtomobillar yonib ketgan. Ko‘plab insonlar vayronalar ostida qolgan.
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Venpin shahar uyezdi shossesida avtosisterna portlashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va kamida 112 kishi jarohatlandi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.
Hodisa G15 "Shenyan-Xaykou" shossesida sodir bo‘lgan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, avtosisterna Ninbo shahridan Venchjou shahar okrugiga suyultirilgan gaz olib ketayotgan bo‘lgan.
Voqea joyida 450dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, tibbiyot va politsiya xodimlari ish olib bormoqda.
Portlash to‘lqini shu darajada kuchli bo‘lganki, sisterna shossedan uchib chiqib ketgan, yaqin atrofdagi binolar vayron bo‘lgan, shosse va aholi punktidagi avtomobillar yonib ketgan. Ko‘plab insonlar vayronalar ostida qolgan.
Portlash sababi hozircha aniqlanmagan.
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026