O‘zbekiston | 10:18 / 13.06.2020
7026
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘llarda yotiq chiziqlarni chizishda «termoplastik»dan foydalanish taklif qilindi

Avtomobil yo‘llarida yotiq chiziqlarni chizishda “termoplastik”dan foydalanish taklif etildi.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtomobil yo‘llarida yotiq chiziqlarni (razmetka) chizishda “termoplastik”dan foydalanish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, avtomobil yo‘llarida yotiq chiziqlar yo‘llarda uzoq vaqt turmaydi, yo‘l belgilari kunning kechki payti ko‘rinmaydi. Haydovchilarga bu talaygina muammolarni tug‘dirmoqda. Buning sababi sifatsiz bo‘yoqlarning qo‘llanilishi va yo‘l belgilarining nur qaytarish xususiyatining pastligidir. 

“Yotiq chiziqlarni chizishda hozirda qo‘llanib kelinayotgan sifatsiz bo‘yoqlardan voz kechib dunyoda keng qo‘llanilayotgan quyma “termoplastik”ni ishlatishni keng yo‘lga qo‘yish ayni muddao. Termoplastikning yo‘lga chizilish texnologiyasi qiyin emas, uning tarkibida maxsus nur qaytaruvchi kukunlar ham mavjud. 

Yo‘l belgilariga kelsak, ularni barchasini sifatli nur qaytaruvchi qoplama bilan qoplash zarur. Zero, bu borada yurtimizda mutaxassislar ham yo‘q emas va ko‘p mablag‘ talab etmaydi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, avtomobil yo‘llarida yotiq chiziqlarni (razmetka) chizishda “termoplastik”dan foydalanish taklif qilingan.

Mavzuga oid