Londonda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi
Futbol ishqibozlari va millatchilar mamlakat bosh vaziri qarorgohini o‘rab olgan politsiyachilarga qarata ichkilikdan bo‘shagan shishalarni uloqtirishgan.
Futbol ishqibozlari va o‘ng radikallar Black Lives Matter harakatiga qarshi bo‘lganlar o‘tkazayotgan aksiyada politsiyachi va jurnalistlarga nisbatan tajovuzkorlik qilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq qora tanlilar huquqi uchun kurashuvchi Black Lives Matter (BLM) harakati Londonda miting o‘tkazishni rejalashtirgandi. Biroq futbol ishqibozlari birlashmalari poytaxtga kelib yodgorliklarni himoya qilishini ma'lum qilganidan so‘ng miting bekor qilingandi. Ammo shunga qaramay, futbol ishqibozlari va o‘ng siyosiy qarashlar tarafdorlari London markaziga kelishdi.
Ishqibozlar va millatchilar mamlakat bosh vaziri qarorgohini o‘rab olgan politsiyachilarga qarata ichkilikdan bo‘shagan shishalarni uloqtirishgan. Qayd etilishicha, aksiya ishtirokchilarining aksariyati mast holatda bo‘lib, politsiyachi va jurnalistlarga nisbatan tajovuzkorona harakat qilishgan.
Xabar qilinishicha, Trafalgar va Parlament maydonlarida ham politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergan.
Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel bu borada o‘z nuqtai nazarini ma'lum qildi.
"Zo‘ravonlik va buzg‘unchilik harakatini sodir etganlar qonunning butun kuchini o‘zlarida his qilishga tayyor turishlari lozim. Politsiyachilarimizga nisbatan shafqatsizlikka toqat qilib turolmaymiz. Koronavirus barchamiz uchun xavf bo‘lib turibdi. Koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun uylaringizga boring", - deb yozdi Patel Twitter sahifasida.
Mavzuga oid
15:43 / 13.11.2024
Londonda O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024