Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etilishi bo‘yicha ma'lumot berildi
Bu yil koronavirus pandemiyasini hisobga olgan holda dam olishga borayotgan bolalar va tarbiyachi xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Ota-onalar va bolalarning boshqa yaqinlariga ularni ko‘rish uchun oromgohlarga borishga va oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishga ruxsat berilmaydi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda karantin davrida yozgi oromgohlar faoliyatiga doir ma'lumotlarni taqdim etdi.
Uning ta'kidlashicha, bolalarni xavfsiz dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish uchun Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasi bayoniga asosan, 80ga yaqin bolalar oromgohlari faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Ularning ayrimlari hozirda ish boshlagan.
«Bu yil koronavirus pandemiyasini hisobga olgan holda dam olishga borayotgan bolalar va tarbiyachi xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Ota-onalar va bolalarning boshqa yaqinlariga ularni ko‘rish uchun oromgohlarga borishga va oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishga ruxsat berilmaydi.
Bundan tashqari, har bir oromgohda tegishli epidemiyaga qarshi tadbirlar belgilangan», deya qayd etdi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, har yili maktablarda faoliyat yuritadigan kunduzgi oromgohlar masalasi haqida ham ma'lumot berildi.
«Hozir barcha turdagi ta'lim muassasalari, jumladan, maktablar faoliyati ham to‘xtatilgan. Shu sababli maktablar qoshidagi oromgohlar ham joriy yil faoliyat yuritmaydi», dedi Bosh davlat sanitariya inspektori.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023