O‘zbekiston | 15:47 / 15.06.2020
32376
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda metro faoliyati tiklanmaganiga izoh berildi

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Toshkentda nima uchun metro faoliyati tiklanmaganiga izoh berdi.

«Metrolardagi havoni doimiy yangilab turuvchi umumiy ventilyatsiya tizimi kornavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli metroga hozircha ruxsat yo‘q», dedi u avtobusga ruxsat berilib, metroga ruxsat berilmagani haqidagi savolga javoban.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 8 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda avtobuslar harakatiga ruxsat berilgan. 

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, avtobuslar shahar ichida ham, shaharlararo ham harakatlanishi mumkin. Shu bilan birgalikda, «Damas»lar, mikroavtobuslar va metro faoliyatiga taqiq saqlab qolingan.

Faoliyati tiklangan yo‘nalishlarda harakat soat 6:00dan soat 22:00gacha amalga oshirilishi mumkin.

Hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlari quyidagi talablar bilan yo‘lga qo‘yiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta'minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Mavzuga oid