Jahon | 22:36 / 17.06.2020
6754
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni ham Covid-19’ni davolash uchun deksametazon dorisidan foydalanishni  ma'qulladi

Seshanba kuni Buyuk Britaniyada COVID-19dan davolash uchun deksametazondan foydalanish ma'qullandi va bu koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi dori ekanligi ta'kidlandi.

Foto: RIA Novosti

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19ga chalingan bemorlarni davolash uchun deksametazon dorisidan foydalanishni ma'qulladi. Bu haqda Saudiya axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Oksford universitetining shamollashga qarshi mo‘ljallangan deksametazon dorisi koronavirus infeksiyasining og‘ir holatlarini davolashda yordam berishi borasidagi tadqiqoti natijalarini olqishlagandi.  

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, deksametazon o‘pkani sun'iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichini 35, kislorodli davolanishdagi bemorlarning o‘limini esa 20 foizga kamaytiradi.  

Seshanba kuni Buyuk Britaniyada COVID-19dan davolash uchun deksametazondan foydalanish ma'qullandi va bu koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi dori ekanligi ta'kidlandi.

Saudiya Arabistoni arab mamlakatlari orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Qirollikda 141 mingdan ortiq holat aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid