Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya adliya vaziri Avliyo Sofiya ibodatxona-muzeyi masjidga aylantirilishi kerakligini aytdi
Erdo‘g‘an o‘tgan yili Avliyo Sofiya ibodatxona-muzeyining masjidga aylantirilishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti va Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish haqidagi qaroriga javob bo‘lishini aytgandi.
Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul hozirda muzey maqomiga ega Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirilishi kerakligini aytdi
Soborni masjidga aylantirish "Konstantinopolni egallagan sulton Mehmetning xohishi kabi bizning ham umumiy xohishimiz", dedi u "Onadolu" gazetasiga bergan intervyusida.
U davlat kengashi bu masalani iyulda ko‘rib chiqishini eslatib o‘tdi va ibodatxona bilan qanday yo‘l tutish borasida Turkiyaga buyruq berishga boshqa davlatlarning haqqi yo‘qligini aytdi.
29 may kuni, Konstaninopolning qulashi sanasi munosabati bilan Avliya Sofiya ibodatxonasida Qur'on tilovat qilindi. Oradan bir hafta o‘tgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi markaziy qo‘mitasiga ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini o‘rganib chiqishni topshirdi.
Erdo‘g‘an o‘tgan yili Avliyo Sofiya ibodatxona-muzeyining masjidga aylantirilishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti va Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish haqidagi qaroriga javob bo‘lishini aytgandi.
Avliyo Sofiya ibodatxonasi 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qarori bilan muzey maqomini olgan.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026