«Yashil» elektrostansiyalar elektr ishlab chiqarish bo‘yicha AESlarni ortda qoldirdi
2019 yilda dunyo bo‘yicha energiya iste'moli 1,3 foizga oshgan, bunda iste'molning 41 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari ta'minlagan.
«Yashil» elektrostansiyalar 2019 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha ilk marta atom elektrostansiyalarini ortda qoldirdi. Bu haqda BP Statistical Review yillik hisobotida ma'lum qilindi.
Quyosh, shamol va boshqa sof manbalardan (suvdan tashqari) elektr ishlab chiqarish 13 foizga oshgan va 2,8 petavatt·soatga yetgan. Atom elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 3,5 foizga oshib, 2,796 petavatt·soatga yetgan.
Umuman olganda, dunyoda energiya iste'moli sof manbalar tomonga o‘tishda davom etmoqda, deya qayd etadi BP ekspertlari. 2019 yilda dunyo bo‘yicha energiya iste'moli 1,3 foizga oshgan, bunda iste'molning 41 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari ta'minlagan.
Ko‘mir yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish 36,4 foizga kamaygan. Ammo shu bilan birga, ko‘mir elektr energiyasi ishlab chiqarishning eng yirik manbasi bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024
AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi
15:00 / 14.10.2024
Fransiya radioaktiv chiqindilarni qozon va vilkalarga aylantirishni rejalashtirmoqda
20:57 / 08.10.2024