Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston bosh vaziri Moskvada o‘tkaziladigan paradga bormasligini ma'lum qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga bormasligini ma'lum qildi.
Kuni kecha Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda karantin uzaytirilganligi sababli Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba bayramida qatnasha olmasligini ma'lum qilgandi.
"G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda qatnasha olmasligimni afsus bilan ma'lum qilaman", - deyiladi Pashinyanning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktubida.
Maktubda bayon etilishicha, uning bunday qarorga kelishiga mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sabab bo‘lgan.
Pashinyan maktubi so‘ngida Putin bilan tez vaqt ichida uchrashishga umid bildirgan.
Avvalroq Armanistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 19,1 mingdan oshgani ma'lum qilingandi. Kasallikdan vafot etganlar soni 429 nafarga yetgan.
Kuni kecha Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda karantin uzaytirilganligi sababli Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba bayramida qatnasha olmasligini ma'lum qilgandi.
Bayram tantanalarida Ozarboyjon nomidan mamlakat mudofaa vaziri va 75 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Serbiya va Xorvatiya davlati rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan G‘alaba bayramida ishtirok etishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
16:54 / 09.06.2026
«50 foizdan kam». Rossiya telekanallari Pashinyanning g‘alabasini «tan olmadi»
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
14:59 / 10.02.2026