Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirusning Yevropadan kelib chiqqani to‘g‘risidagi taxminga izoh berdi
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan virus Pekinga tashqaridan kelgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Pekindagi virus shtammi darhaqiqat Yevropadagi virus shtammiga o‘xshaydi, dedi JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.
"Pekin virusning bir nechta ketma-ketliklarini taqdim etdi. Tushunishimizcha, virus Yevropa shtammi bilan bog‘liq", - dedi u.
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan bu virus dastlab Yevropadan kelib chiqqanini anglatmasligini ta'kidladi.
"Virusning Yevropa shtammi haqida gapirganda hushyor bo‘lish kerak. Shtammlar butun dunyo bo‘ylab aylanib yuradi. Masalan, Nyu-Yorkka borsangiz, u yerdagi har qanday virus Yevropada kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Hattoki Yaponiyada ham Yevropadan olib kelingan holatlar mavjud. Shunday ekan, men virus Yevropada paydo bo‘lgan deb o‘ylamayman. Virus Pekinga tashqaridan kelgan bo‘lishi mumkin", - dedi Rayan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda gap virusning hayvondan odamga o‘tishi emas, odamdan odamga o‘tishi haqida bormoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 17.07.2026
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
18:29 / 03.07.2026