Toşkent davlat stomatologiya institutida Soğliqni saqlaş vazirligi va JSSTning Özbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi kömagida «COVID-19 tarqalişi davrida Özbekiston va Rossiyada oliy tibbiy ta'lim tizimlarining javob konsepsiyasi» xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bölib ötdi.
Pandemiya paytida tibbiyot oliygohlarining xatti-harakatlari haqida gapirganda, ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlaş, uzluksiz ta'lim kurslari va maşğulotlarni taşkil etiş, an'anaviy ta'lim şakllarini masofaviy formatga moslaştiriş muhimligini ta'kidlaş örinli hisoblanadi.



Pandemiya e'lon qilinişidan oldin, elektron tibbiy ta'limga yaqin kelajakdagi jarayon sifatida qaralar edi, ammo hayot zudlik bilan masofaviy tartibda işlaşni talab qildi. Respublikada 11 ta tibbiyot oliygohlari faoliyat körsatmoqda va öquv muassasalariga öquv materiallari va talabalarning uzluksiz masofaviy öqişi uçun öquv materiallari hamda şaroitlar yaratiş vazifasi yuklatildi. Şu bilan bir qatorda, köplab kutubxona fondlari, jurnallar tahririyatlari ilmiy maqolalar, öquv va ilmiy adabiyotlardan bepul foydalaniş imkoniyatini yaratdilar.
Barça mamlakatlar, şu jumladan, Özbekistonning ta'lim tizimi uçun masofadan turib öqitiş kuçli sinovning öziga xos turiga aylandi. Qisqa vaqt içida tibbiyot universitetlari talabalari ta'limi samaradorligini oşiriş maqsadida universitet öqituvçilari öquv videolarini işlab çiqdilar va taqdim qildilar, normal fiziologiya, anatomiya va gistologiyani örganiş böyiça virtual seminarlar taşkil qildilar. Privoljsk ilmiy-tekşiriş tibbiyot universiteti va Samarqand davlat tibbiyot instituti onlayn-konferensiyaning asosiy hamkorlari va hammualliflari bölişdi.


Anjuman Özbekiston va Rossiyaning yetakçi tibbiyot universitetlari mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş uçun yaxşi maydon bölib xizmat qildi. Anjumanda 100 dan ortiq mutaxassislar iştirok etişdi. Karantin şaroitida tibbiyot oliygohlarining öquv, ilmiy va amaliy faoliyatidagi yutuqlari töğrisida 14 ta ma'ruza tinglandi.



















