Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
2025 yilda aholining salomatligini yaxşilaş, ekologik turmuş tarzini şakllantiriş va inson salohiyatini röyobga çiqariş uçun şart-şaroitlarni yaratiş borasida:
aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdiriş orqali mamlakatda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng tarğib qilişga qaratilgan “Bir million yaşil oila” umummilliy harakati yölga qöyiladi. Bunda uning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilanadi:
- aholi orasida kunlik yuriş va yugurişni tarğib qiliş;
- “yaşil transportda”, şu jumladan, velosipedda harakatlanişni rağbatlantiriş;
- plastik mahsulotlardan foydalanişni kamaytiriş;
- oziq-ovqat isrofgarçiligining oldini oliş;
- suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalaniş;
2025 yildan boşlab tibbiyotning birlamçi böğinida quyidagilarni nazarda tutuvçi transformatsiya bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi:
- oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatişning samarali tizimini joriy etiş;
- köp tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyatini markaziy şifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yölga qöyiş;
- markazlaşgan laboratoriyalar taşkil etiş, stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga beriş, şifokor qabuliga navbatni töliq elektron şaklga ötkaziş;
- tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholaş körsatkiçlarini işlab çiqib, samaradorlikka erişgan xodimlarning oylik maoşlariga qöşimça ustamani joriy etiş;
- viloyat darajasidagi ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatuvçi tibbiyot muassasalarini boşqaruv, moliya va taşkiliy jihatdan zamonaviy köp tarmoqli klinikalar şaklida qayta taşkil etiş.












