Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixona Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi
Turkiyada epidemiologik vaziyat barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnov tiklanishi sababli, mamlakat hukumati qo‘shimcha choralar qabul qilmoqda
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ushbu mamlakat hududida vaqtinchalik bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi.
“Turkiya Respublikasi yangi turdagi koronavirus Covid-19 epidemiyasi tufayli parvozlarning bekor qilinishi sababli, viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jazolar qo‘llanilmasligi haqida Turkiya hukumati tomonidan qaror qabul qilingan edi.
Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnov tiklanishi sababli, Turkiya hukumati bu yo‘nalishda qo‘shimcha choralar qabul qilmoqda”, deyiladi elchixonaning Feysbukdagi sahifasida.
Qayd etilishicha, Turkiya IIV tomonidan tarqalgan yo‘riqnomaga asosan, mamlakat hududini ma'lum sabablarga ko‘ra tark etmagan chet el fuqarolari (transport aloqalari to‘xtatilgan vaqtdan vaziyat normallashgan muddatga qadar) hamda kirish vizasi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan xorijiy fuqarolar, Turkiyaning o‘z davlatlari bilan transport qatnoviga ruxsat berilganidan so‘ng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.
“Shu sababli, Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, koronavirus kasalligidan o‘zini himoyalash bo‘yicha barcha zarur talablarga rioya etish tavsiya etiladi”, deyiladi elchixona tomonidan.
Avvalroq Turkiya 10 iyundan boshlab 40ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklashi xabar qilingandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 185 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 4900dan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
15:55 / 13.06.2026