O‘zbekiston | 22:21 / 20.06.2020
22127
2 daqiqa o‘qiladi

OTMlarga hujjat topshirishning ilk kuni 14,5 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi - DTM

Hujjat topshirishning ilk kuni – 20 iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 14 524 nafar abituriyent OTMlarning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan.  

20 iyundan 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Davlat test markazining xabar berishicha, hujjat topshirishning ilk kuni – 20 iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 14 524 nafar abituriyent OTMlarning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan.

Ularning 9 325 nafari kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha, 4 933 nafari sirtqi, 266 nafari esa kechki ta'lim shakli bo‘yicha hujjat topshirgan.

OTMlar joylashgan hududlar bo‘yicha topshirilgan hujjatlar soni:

  • Andijon viloyati – 1546 nafar;
  • Buxoro viloyati – 590 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 854 nafar;
  • Jizzax viloyati – 354 nafar;
  • Namangan viloyati – 815 nafar;
  • Navoiy viloyati – 472 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 360 nafar;
  • Samarqand viloyati – 1 412 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 394 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 792 nafar;
  • Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;
  • Xorazm viloyati – 339 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali qabul qilinishi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid