Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maduro bilan uning "tinchgina ketishi"ni muhokama qilish uchun uchrashishga tayyorligini bildirdi
Venesuelada 2019 yilda prezident Nikolas Maduroga qarshi noroziliklardan so‘ng Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini davlatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan faqat bir masalada – uning o‘z lavozimidan ketishini muhokama qilish uchungina uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Radikal so‘llardan farqli o‘laroq, men har doim sotsializmga qarshi chiqaman va Venesuela xalqi bilan birgaman. Mening ma'muriyatim doimo ozodlik tarafida va Maduroning zulmkor rejmiga qarshi bo‘lgan! Men Maduro bilan faqat bitta narsani: uning hokimiyatdan tinchgina ketishini muhokama qilish uchungina uchrashgan bo‘lardim!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Venesuelada 2019 yilda prezident Nikolas Maduroga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini davlatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi.
AQSh boshchiligidagi qator G‘arb davlatlari Guaydoni prezident deb tan oldi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa qator davlatlar Maduroni qonuniy prezident sifatida qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026