Braziliyada 17 yoşli Ana Luiza de Oliveyra Neves ismli qiz anonim muxlisi yuborgan şirinlikdan zaharlanib vafot etdi, deb xabar beradi CNN Brasil.
Qayd etilişiça, kurer tomonidan qizga yetkazib bergan desert qoğozida quyidagiça yozuv bölgan: «Men şu vaqtgaça uçratgan eng çiroyli qiz uçun şirinlik». Sovğani kim yuborgani körsatilmagan. Ana Luiza şirinlik bilan suratga tuşgan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirgan, keyin esa uni yegan.
Oradan bir soat ötgaç, qizning ahvoli oğirlaşgan. Otasi uni şifoxonaga olib borgan. Şifokorlar zaharlaniş taşxisini qöygan, qator muolajalarni bajarib, Ana Luizani uyiga jönatib yuborgan. Ertasi kuni jabrlanuvçining ahvoli yomonlaşgan — u huşini yöqotgan. Şifoxonaga olib ketilayotganida esa qiz vafot etgan. 3 iyun kuni Ana Luiza dafn etilgan.
Şifokorlarning taxminiça, zaharlaniş şirinlik sabab kelib çiqqan. Politsiya tergovi davomida şirinlikni noma’lum muxlis emas, qurbonning yaqin dugonasi yuborgani aniqlangan. Gumonlanuvçi Ana Luizaning gözalligiga hasad qilgani bois şirinlikka margimuş qöşganini tan olgan.
Uşbu qiz oldin ham jinoyatga qöl urgan: u ikki yigitini yöldan urgan tanişi bilan ham xuddi şunday yöl tutgan. Birinçi qurbon omon qolişga muvaffaq bölgan. Hozirda gumonlanuvçi voyaga yetmaganlar uçun möljallangan axloq tuzatiş muassasasida.

















