O‘zbekiston | 08:51 / 24.06.2020
1146
3 daqiqa o‘qiladi

Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi faoliyatini takomillashtiriladi

Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi faoliyatini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi faoliyatini takomillashtirish, jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2020-2022 yillarda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi faoliyatini rivojlantirish, jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Direksiya faoliyatini rivojlantirish, jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

Direksiya faoliyatining samaradorligini yanada oshirish;

ko‘rgazmalarni yuqori saviyada tashkil etish, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Markaziy ko‘rgazmalar zali va Direksiya fondi hududida mukammal rekonstruksiya ishlari olib borish;

Ko‘rgazmalar zalida eksponatlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus zamonaviy texnik vositalar va elektron uskunalar bilan jihozlangan xonalar tashkil qilish;

Ko‘rgazmalar zali va Direksiya fondi binolarida isitish-sovitish, yoritish va elektr tarmoqlari, sanuzel, yuk tashish lifti, maxsus kuzatuv kameralari, yong‘in xavfsizligi, havo almashtirish uskunalari va boshqa texnik ta'minotni yo‘lga qo‘yish;

Direksiya fondi hududida asarlarni rasmiylashtirish va ularni vaqtincha olib chiqish uchun qadoqlash, asarlar profilaktikasi uchun dezokamera xonalarini tashkil etish, shuningdek galereya binosini qurish;

Direksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, professional mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash;

Direksiya xodimlarining malaka oshirishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

Direksiya fondi kolleksiyasini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish;

Direksiyada kerakli uskunalar bilan jihozlangan, podramnik, baget tayyorlash va qadoqlash ishlab chiqarish hamda ta'mirlash ustaxonalarini yaratish.

Direksiya quyidagilarni yorqin va ta'sirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi ko‘rgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etadi:

tasviriy va amaliy san'at, dizayn hamda haykaltaroshlik yo‘nalishlarida yaratilgan an'anaviy san'atimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadigan, erkin va farovon hayot, xalqimizning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analari, zamon qahramonlari obrazlari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan hamda barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ko‘rgazmalar;

shaxsiy va guruh rassomlar ko‘rgazmalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, amaliy san'at, foto va video), xalqaro biyennale, festival va tanlov-ko‘rgazmalar;

respublika va xalqaro miqyosda ko‘chma ko‘rgazmalar;

xorijiy tajribaga muvofiq Respublika va xorijda savdo (auksion) ko‘rgazmalarini tashkil etish tizimini;

ilmiy, amaliy, metodik va boshqa turdagi ekskursiyalarni.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid