Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dunyo go‘yo aqldan ozgandek»: «shvedcha strategiya» muallifi karantin va niqob taqishga qarshi chiqdi
Shvetsiyada o‘tkazilgan so‘rovlar mamlakat aholisi hukumatning pandemiyaga qarshi tanlagan yo‘li to‘g‘riligiga ishonchni yo‘qotayotganligini ko‘rsatmoqda. YeI mamlakatlari ichki chegaralarni ochgach, Shvetsiyaning qo‘shnilari shvedlarni o‘z hududlariga erkin kiritishdan bosh tortdi.

Foto: AFP/Getty Images
Shvetsiyaning bosh epidemiologi, koronavirusga qarshi kurashning milliy strategiyasi muallifi Anders Tegnell butun dunyoda joriy etilgan karantin choralarini telbalik deb atadi.
«Dunyo go‘yo aqldan ozgandek va biz muhokama qilgan barcha narsa unutilgandek», — dedi Tegnell Shvetsiya radiosi orqali chiqishida.
«Kasallanish holatlari juda ko‘payib ketdi va siyosiy bosim ortiqcha kuchli bo‘ldi. O‘shanda Shvetsiya yolg‘iz qoldi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harakatlanishni cheklash yangi muammolar, jumladan, maishiy zo‘ravonlikning o‘sishi, yolg‘izlik va ommaviy ishsizlikni keltirib chiqardi.
«Barcha dorilar nojo‘ya ta'sirga ega bo‘lgani kabi pandemiyaga qarshi kurash choralari ham salbiy oqibatlarga ega», — dedi u.
Tegnell sog‘liqni saqlash masalalarida bu jihatlarni ham hisobga olishga chaqirdi. U maktablarning yopilishini ortiqcha chora deb atadi va samaraliligi ilmiy jihatdan isbotlanmaganligi uchun yuzga niqob taqmaslikni maslahat berdi.
Tegnell koronavirus yaqin vaqt ichida yo‘qolmasligiga qat'iy ishonadi va karantin uzoq davom etadigan bu tahdidga qarshi foyda bermaydi degan fikrda.
Shvetsiya boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, koronavirus sababli qat'iy karantin joriy etmadi, restoranlar, do‘konlar va maktablar yopilmadi. Ushbu strategiya kasallikka chalinganlar va vafot etganlar soniga ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi (100 ming kishiga 51ta) Skandinaviyaning boshqa mamlakatlaridagi nisbatan ancha yuqori (Finlyandiya — 6ta, Norvegiya — 5ta, Daniya — 10ta).
Shvetsiyada o‘tkazilgan so‘rovlar mamlakat aholisi hukumatning pandemiyaga qarshi tanlagan yo‘li to‘g‘riligiga ishonchni yo‘qotayotganligini ko‘rsatmoqda. YeI mamlakatlari ichki chegaralarni ochgach, Shvetsiyaning qo‘shnilari shvedlarning bu mamlakatlarga erkin kirishlariga qarshi chiqdi.
Avvalroq Tegnell pandemiyaning dastlabki bosqichida koronavirusning o‘limga olib kelish kuchini noto‘g‘ri baholaganini tan olgandi. Ammo tanlagan yo‘lidan voz kechishni muhokama qilmasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

07:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida kelishuv imzolandi

22:32 / 06.06.2025