Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchuvchilar koronavirusni muhokama qilib qolishgan. Pokistondagi aviahalokat inson omili bilan izohlandi
Uchuvchilar yuqori balandlikda samolyotni qo‘ndirishni boshlagan, dispetcherlar ularni bu haqda bir necha marta ogohlantirgan. Ammo uchuvchilardan biri «Eplayman» degan va ular koronavirusni muhokama qilishda davom etishgan.
Foto: Akhtar Soomro / Reuters
Pokistonda halokatga uchragan samolyot uchuvchilari qo‘nish chog‘ida koronavirus pandemiyasini muhokama qilgan. Ular suhbatga berilib ketib aviahalokat yuz berishiga sababchi bo‘lgan, dedi Pokiston aviatsiya vaziri G‘ulom Sarvar Xon.
Xonning ta'kidlashicha, samolyotda texnik nosozliklar aniqlanmagan, uchuvchilar esa sog‘lom bo‘lgan. Uchuvchilar yuqori balandlikda samolyotni qo‘ndirishni boshlagan, dispetcherlar ularni bu haqda bir necha marta ogohlantirgan. Ammo uchuvchilardan biri «Eplayman» degan va ular koronavirusni muhokama qilishda davom etishgan.
«Tezlikning yuqoriligi, shassining yo‘qligi va yerga yaqinlashishgani haqidagi bir nechta ogohlantirishlarga e'tibor berilmagan. Qo‘nish yig‘ishtirilgan shassi bilan amalga oshirilgan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga qorni bilan urilgan», — dedi aviatsiya vaziri.
Reuters agentligi aviahalokat bo‘yicha hisobot bilan tanishgani, ammo unda bu suhbat to‘g‘risida ma'lumot yo‘qligini xabar qildi.
22 may kuni Pokiston havo yo‘llariga qarashli samolyot Karachi aeroportida qo‘nish chog‘ida halokatga uchragandi. Lohurdan uchib kelgan Airbus A320 samolyotida 90 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lib, halokatda ikki kishi omon qolgan.
Mavzuga oid
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
08:31 / 07.04.2026