Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yevropa chegaralari yana yopilishi mumkinligini istisno qilmadi
Koronavirus pandemiyasi boshlanganida YeIdagi qator mamlakatlar bir tomonlama tartibda o‘z chegaralarini yopgandi. May oyidan Yevroittifoq va Shengen hududida ichki chegaralar ochila boshladi. Faqat Norvegiya va Finlyandiya o‘z chegaralarini iyul o‘rtalarigacha ochmaslikka qaror qilgan.
YeIning u yoki bu mamlakatida koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sadigan bo‘lsa, Yevropadagi chegaralar yana yopilishi mumkin. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Mas ma'lum qildi.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, bu qaror umumevropa miqyosida muvofiqlashtirilishi va ovoz berish jarayonidan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganida YeIdagi qator mamlakatlar bir tomonlama tartibda o‘z chegaralarini yopgandi. May oyidan Yevroittifoq va Shengen hududida ichki chegaralar ochila boshladi. Faqat Norvegiya va Finlyandiya o‘z chegaralarini iyul o‘rtalarigacha ochmaslikka qaror qilgan.
Iyuldan Yevroittifoq hududiga kirish cheklovlari olib tashlanishi kutilmoqda. Ittifoq hududiga to‘siqlarsiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati dushanba kuni tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
10:26
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
10:12 / 11.07.2026