Jahon | 19:16 / 29.06.2020
5472
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda qayiqlar to‘qnashuvi 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Bangladesh poytaxti Daqqadagi Buriganga daryosida bir qayiqning boshqa yirikroq qayiq bilan to‘qnashuvdan keyin to‘ntarilishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi.  

Foto: The Bangladesh Observer

The Bangladesh Observer nashrining xabar berishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 9:30 atrofida yuz bergan. Morning Bird deb nomlangan qayiq yirikroq qayiq bilan to‘qnashuvdan keyin to‘ntarilib ketgan.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyida 19 erkak, 8 ayol va 3 bolaning jasadini aniqlashgan. Qayiqda voqea vaqtida 100 ga yaqin odam bo‘lgan.

Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Qurbonlar soni oshishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid